Ommaviy oferta

08.11.2025

1-sonli dastlabki tahrirdagi ommaviy oferta


OMMAVIY OFERTA 

Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (FK) 369–370-moddalariga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Axborot tizimidan foydalangan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan hujjatga tenglashtiriladi.


Atama va izohlar:

FK O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

Sotuvchi - sayt orqali o‘z mahsulot (xizmat)larine sotayotgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar

Oferta - shartnoma tuzish haqida taklif bo‘lib, u ushbu oferta qoidalari asosida yuborilgan hisoblanadi va ushbu ofertani anglatadi

Xaridor – sayt orqali va boshqa aloqa vositalari yordamida buyurtma bergan jismoniy va yuridik shaxslar

Aksept – sotuvchi tomonidan yuborilgan ofertani (taklif) qabul qilish hisoblanadi

Checkbox – Ofertaga rozilib bildirib, shartnoma tuzish taklifini qabul qilishni (tasdiqlovni) belgilash uchun yaratilgan katakcha.

Ish kunlari – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba

Dam olish kuni – yakshanba

Ish vaqti – 09:00 dan 18:00 gacha

Sayt - https://primefoods.uz

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ofertaning Mohiyati. Sotuvchi Saytda joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini chakana tartibda sotish majburiyatini, Xaridor esa ushbu tovarlarni haqini toʻlab qabul qilish majburiyatini oladi.

1.2. Aksept (Qabul qilish). Aksept toʻliq va soʻzsiz boʻlishi kerak. Shartnoma Xaridor tomonidan Saytning maxsus shaklida joylashtirilgan "Roziman" katakchasini (checkbox) faol belgilash orqali Sotuvchining taklifi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron xabar tarzida tuzilgan hisoblanadi. Bunday elektron tasdiqlash Sotuvchi va Xaridorni identifikatsiya qilish imkonini bergan holda imzo sifatida tan olinadi.

1.3. Axborot Tili. Shartnoma shartlari aniq, tushunarli shaklda davlat tilida (oʻzbek tilida) shakllantirilishi kerak.


2. Sotuvchi haqida maʼlumotlar



 | “CESTOME” MChJToʻliq nomi: "CESTOME" masʼuliyati cheklangan jamiyati • STIR: 310 513 804 • Joylashgan manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Miskin MFY, Yangi Olmazor ko'chasi, 7A/48-uy • Aloqa maʼlumotlari: Telefon: +998 95 115 70 20 +998 77 346 72 32 | “PRIME FOODS” MChJToʻliq nomi: “PRIME FOODS” masʼuliyati cheklangan jamiyati • STIR: 306 641 020 • Joylashgan manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram MFY, Sayram ko'chasi, 7 tor ko'chasi , 58-uy • Aloqa maʼlumotlari: Telefon: +998 95 115 70 30 


3. Shartnomaning predmeti va tovar sifatiga talablar

3.1. Tovar Haqidagi Axborot: Sotuvchi Xaridorga oʻzi realizatsiya qilayotgan oziq-ovqat tovarlari (ish, xizmat) haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumotni taqdim etishi shart.

Majburiy maʼlumotlar: Tovarning nomi, asosiy isteʼmol xususiyatlari, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik (saqlash) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin Xaridor amalga oshirishi kerak boʻlgan zarur xatti-harakatlar haqidagi maʼlumotlar.

Oziq-ovqatga oid maxsus maʼlumotlar: Tarkibiga kiradigan ingredientlarning nomlari, oziqlik qiymati, ogʻirligi/hajmi, saqlash shartlari.


4. Narx va toʻlov tartibi

4.1. Narx va Baho: Tovarlarning narxi Saytda koʻrsatiladi va buyurtma tasdiqlangan vaqtda ko‘rsatilgan baho asosida shartnoma tuziladi. Ommaviy shartnomaning shartlari (shu jumladan tovarlarning narxi) hamma isteʼmolchilar uchun bir xil qilib belgilanadi.

4.2. Toʻlov shakli: Toʻlovlar naqd pulli,naqd pulsiz (elektron toʻlov vositalari, bank hisob raqamidan oʻtkazish) shaklda amalga oshirilishi mumkin.

4.3. Toʻlovni tasdiqlash: Tovarni sotishda Xaridorga kassa yoki tovar cheki berilishi shart. Elektron toʻlovlarda virtual kassa cheki Xaridorning abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga, yoki tegishli to‘lov operatori tomonidan tegishli tartibda, yoki bank orqali to‘lov qilinganida bank orqali (beriladi) yuboriladi.


5. Yetkazib berish va xavfni oʻtishi

5.1. Yetkazib berish majburiyati: Xaridor tomonidan buyurtna berishda yetkazib berish muddati belgilanishi lozim. Xaridor tomonidan belgilangan kun davomida, ish kunlari ish vaqtida davomida mahsulot xaridorga yetkazib beriladi. Agar yetkazib berish imkoni bo‘lmaganida sotuvchi bu haqida xaridorni aloqa vositalari orqali ogohlantirib, shartnomani bekor qilishi mumkin.

5.1.1. Yetkazib berish boshqa tashuvchi xizmatlaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda yetkazib berish uchun to‘lovlar xaridor tomonidan amalga oshiriladi va bu mahsulot narxidan ayirib qolinmaydi.

5.2. Shartnomaning bajarilishi: Tovar Xaridorga yoki shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan eʼtiboran shartnoma bajarilgan hisoblanadi.

5.3. Xavfning oʻtishi (yoʻqolish/shikastlanish): Agar tovar Sotuvchi tomonidan tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirilgan paytda tasodifan nobud boʻlish yoki shikastlanish xavfi Xaridorga oʻtadi.


6. Nuqsonli tovarni qaytarish, ekspertiza va pul mablagʻlarini qaytarish

6.1. Tekshirish huquqi: Sotuvchi Xaridorga tovarni qabul qilib olishda uning butligini, yaroqliligini va isteʼmol xususiyatlari toʻliq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Tovarni tekshirib koʻrish maqsadida qadogʻini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi Xaridorning shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.

6.2. Nuqsonlar boʻyicha talablar: Oziq-ovqat tovarlariga nisbatan Xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida nuqsonlarga nisbatan talab qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Nuqsonli tovar aniqlangan hollarda Xaridor uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilishga haqlidir.

Agar mahsulot sifati boʻyicha eʼtirozlar ekspertiza xulosasiga asosan asossiz deb topilsa, Xaridor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Sotuvchining ekspertizaga ketgan xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

6.3. Pul mablagʻlarini qaytarish: Pul mablagʻlari tovar uchun haq toʻlash qanday shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, xuddi shunday shaklda yoki kelishuvga asosan boshqacha usulda Xaridorga qaytariladi. Agar shartnoma bekor qilinsa, koʻrilgan zararning oʻrni Sotuvchi tomonidan Xaridorga eʼtiroz bildirilgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qoplanishi lozim.


7. Fors-major (yengib boʻlmaydigan kuch) holatlari

7.1. Majburiyatdan ozod qilish: Agar majburiyatni bajarish toʻlov yoki mol-mulk berishdan tashqari boshqa harakatlarga tegishli boʻlsa va bu majburiyat uni bajarishning iloji yoʻqligi oqibatida (FK 349-moddasi) bekor qilingan taqdirda, Tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi. Bu shart Tomonlarning nazorat qilishi mumkin boʻlmagan va oldindan koʻra bilishi mumkin boʻlmagan favqulodda holatlar (tabiiy ofatlar, davlat organlarining cheklovchi aktlari, harbiy harakatlar) tufayli yuzaga keladi.


8. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish

8.1. Javobgarlik: Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi asosida javobgar boʻladilar.

• Shartnomaning isteʼmolchining huquqlarini cheklab qoʻyadigan va qonunchilikka zid boʻlgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

8.2. Nizolarni hal etish: Nizolar avvalo muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi:

Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli sudlarda koʻrib chiqiladi. Nizoni sudgacha hal etish tamoyili, talabnoma yuborish hamda mediatsiya tartibiga rioya qilmasdan nizo yusasidan sudga murojaat qilish mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


9. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish

9.1. Sotuvchi elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir maʼlumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni taʼminlashi shart.

9.2. Maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga berishga qonun hujjatlarida yoki tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollardan tashqari yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Yakuniy qoidalar (ofertaning kuchga kirishi)

10.1. Ushbu oferta Saytda eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi.

10.2. Sotuvchi istalgan vaqtda ofertaga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega; yangi tahrir Saytda joylashtirilgan paytdan kuchga kiradi.

10.3. Ushbu Oferta Saytning maxsus shaklida, Oferta shartlariga oldindan belgilanmagan “Roziman” katakchasini belgilash orqali akseptlanadi. Xaridor harakatni yakunlash (tugmani bosish) orqali ushbu Ofertaning barcha shartlari bilan tanishganligini va ularga toʻliq rozilik bildirganini, shuningdek

- “Maxfiylik siyosati shartlari”;

- “Shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlash” ga rozilik bildirganini tasdiqlaydi.

10.4. Xaridor tomonidan “Buyurtmani tasdqilash” amalga oshirilganidan keyin, buyurtma berilgan hisoblanadi va oferta shartlariga asosan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Taraflarda tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar buyurtma yaratilganidan keyin vujudga keladi.

Logo